AI asosida stikerlar qidiruvi, yaxshilangan videolar va boshqalar

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
AI asosida stikerlar qidiuvi, yaxshilangan videolar va boshqalar

Bugungi yangilanish sizga AI yordamida millionlab stikerlarni qidirish, videolar uchun joriy vaqtdagi havolalarni nusxalash, videolar uchun muqova rasmlarini belgilash, kanalingiz nomidan Yulduzlar bilan reaksiya bildirish, oʻxshash botlar bilan tanishish va boshqa imkoniyatlarni taqdim etadi.

Millionlab stikerlar uchun AI asosida qidiruv

Dekabrda biz Telegramning rasmiy toʻplamlaridan 40 000 dan ortiq stikerlar va emojilar uchun AI asosida qidiruv imkoniyatini qoʻshgan edik.

Bu yangilanish bilan AI modeli endi Telegram foydalanuvchilari tomonidan yuklangan millionlab maxsus stikerlar va emojilar natijalarini oʻz ichiga oladi. Oʻylayotgan maymun yoki fazoviy it kabi murakkab kalit soʻzlarni qidirib koʻring — stiker paneli siz qidirayotgan narsani darhol chiqaradi. Bu funksiya 29 tilda, jumladan, ingliz, ispan, arab va oʻzbek tillarida qidiruvni qoʻllab-quvvatlaydi.

Istalgan Telegram foydalanuvchisi oʻz stikerlari yoki emojilarini bir necha oddiy qadamda yaratishi mumkin.

Videoning joriy vaqtidagi havolasini nusxalash

2019-yildan buyon video xabarlarga qoʻshilgan izohlar va javoblar 1:38 kabi vaqt belgilarini qoʻllab-quvvatlab keladi, bu esa kulgili lahzalarni ajratib koʻrsatish yoki tomoshabinlarni maʼlum boʻlimlarga yoʻnaltirish imkonini beradi.

Telegramdagi chatlarda yoki boshqa platformalarda video havolasini ulashayotganda endi havolaga joriy vaqt belgisini qoʻshishingiz mumkin. Kimdir havolani bosganida video Telegramda oʻsha aniq lahzada ochiladi.

Video havolasini ulashish uchun video pleyerda ulashish strelkasini bosing. Bu sizga havolaga joriy vaqtni qoʻshish imkoniyatini avtomatik ravishda beradi.

Kanallarda video muqovalari

Hikoyangizga qoʻshadigan videolar kabi, endi siz kanallarda joylagan videolar uchun muqova rasmi sifatida foydalanish uchun kadr tanlashingiz mumkin. Qiziqarli eskizlar yaratish uchun muqovani tanlashdan oldin video muharriri yordamida matn, stiker, emoji va boshqalarni qoʻshing.

Video muqovasini tanlash uchun video muharririning yuqori burchagidagi uch nuqta belgisini bosing va “Muqovani tahrirlash” bandini tanlang.

Videolarni qolgan joyidan boshlab ijro qilish

Endi video tomosha qilayotganingizda pleyer toʻxtagan joyingizni eslab qoladi. Videodan istalgan vaqtda chalgʻishingiz mumkin — unga qaytganingizda tomosha aynan qolgan joyingizdan davom etadi.

Telegramdagi barcha videolar tasvir ustida tasvir rejimida ijroni qoʻllab-quvvatlaydi, shuning uchun xabarlarga javob berayotganingizda va boshqa chatlarni koʻrib chiqayotganingizda tomosha qilishda davom etishingiz mumkin.

Kanal nomidan Yulduzlar bilan reaksiya

Foydalanuvchilar kontent mualliflarini kanal postlariga Yulduz reaksiyasini yuborish orqali Yulduzlar bilan qoʻllab-quvvatlashi mumkin. Maxfiylikni oshirish va kontent mualliflariga reytingda kanallarini targʻib qilish imkonini berish uchun foydalanuvchilar endi oʻz kanallaridan biri nomidan Yulduzlar bilan reaksiya bildirishi mumkin.

Yulduz reaksiyalari uchun har doim anonim rejim mavjud — foydalanuvchi yetakchilar reytingida chiqmasligi uchun reaksiyalarni yuborishdan oldin oʻz ismini berkitishi mumkin.

Oʻxshash botlar

Kanallarda boʻlgani kabi, bot profillarida endi oʻxshash botlar roʻyxatini koʻrishingiz mumkin — bu sizga boshqa mashhur xizmatlar, vositalar va oʻyinlarni topishga yordam beradi.

Bu yildagi Telegramning uchinchi yangilanishi shulardan iborat. Ular ustida ishlash isinib olishimizga yordam beradi, shunday ekan yaqin orada yanada koʻproq yangiliklarni kuting!


2025-yil 12-fevral,
Telegram jamoasi

Boshqa yangiliklar

AI 에디터, 마이티 폴, 라이브 포토, 봇이 관리하는 봇, 그리고 그 외 더 많은 기능

오늘 업데이트에서는 두 번의 탭만으로 텍스트를 번역, 변환 또는 수정할 수 있는 AI 에디터, 미디어 첨부 및 활성 설문에 대한 새로운 응답 제안과 같은 설문조사용 신규 기능, 모든 앱에서 라이브 및 모션 사진 지원, 다른 봇을 생성하고 관리할…
31-mar, 2026

멤버 태그, 텔레그램으로 로그인, 공유 비활성화, GIF 편집, 날짜 형식 지정, 투표 타임스탬프

오늘 업데이트에서는 그룹 구성원이 자신을 나타낼 수 있도록 태그를 추가하고, 특정 1:1 대화에서 메시지 공유를 비활성화하는 설정, GIF 편집 및 캡션 기능, 텔레그램으로 앱과 웹사이트에 가입 및 로그인할 수 있는 새로운 도구 등 다양한 기능이…
1-mar, 2026

새로운 디자인, 제작 기능 등

이번 업데이트는 안드로이드용 텔레그램 역사상 가장 큰 인터페이스 업데이트와, 독점적인 새로운 선물을 제작할 수 있는 크래프팅 시스템 등 다양한 기능을 추가합니다.
9-fev, 2026

AI 요약, 새로운 디자인 및 기타 기능

텔레그램의 2026년 첫 번째 업데이트는 iOS에서 더욱 많은 Liquid Glass 인터페이스와 채널 게시물 및 인스턴트 뷰 페이지에 대한 AI 요약 기능을 제공합니다. 이 모든 것은 프라이버시 극대화와 사용자 데이터 보호를 위해 설계되었습니다.
3-yan, 2026